Futbol bo‘yicha Gambiya ayollar terma jamoasi darvozaboni Fatim Javara O‘rtayer dengizini kesib o‘tishga uringanida halok bo‘ldi. Bu haqda, AP agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Gambiya futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi qiz oktabr oyida halok bo‘lgan. Tashkilot boshqa hech qanday ma’lumotni taqdim eta olmadi.
2012-yili Ozarbayjonda o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Fatim Javara Gambiya termasi safida ishtirok etgan. 2016-yilda esa u mamlakat termasining asosiy jamoasida debyutini o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, 2016-yil boshidan buyon O‘rtayer dengizida 4,2 ming muhojir halok bo‘ldi.
Izoh (0)