4-noyabr, juma kuni Olmaota aeroportida favqulodda evakuatsiya amalga oshirildi. Aeroportga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, bomba o‘rnatilganini xabar qilganidan so‘ng evakuatsiya amalga oshirildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:25 da “102” pultiga qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Noma’lum shaxs aeroport hududida bomba o‘rnatilganini xabar qildi.
Shundan so‘ng favqulodda evakuatsiya boshlandi. Yo‘lovchilar va aeroport xodimlari evakuatsiya qilindi. Ammo bomba haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Soat 11:49 da aeroport ishi qayta tiklandi.
Ayni paytda aeroport oddiy rejimda ishlamoqda. Yetkazilgan zarar hajmi aniqlanmoqda.
Izoh (0)