“Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messida yana bir qiyofadosh paydo bo‘ldi. Braziliyalik yigit o‘zining futbol yulduziga o‘xshashligidan foydalanib, shuhratga erishmoqchi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shuhratparastligini yashirmayotgan yigit Twitter’da @sosiamessii (“Messining egizagi”) nomli sahifa ochgan bo‘lib, unda futbol yulduzi bilan o‘xshashligi mavzusini yoritib boradi.
Braziliyalik yigit Messiga yanada ko‘proq o‘xshash uchun sochini sariqqa bo‘yashga va’da berdi.
Uning shuhratga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari bekor ketmadi — yaqinda u televideniyega taklif etiladi.
Izoh (0)