Janubi-g‘arbiy Xitoyning Chunsin shahridagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi. Sina portalining 2-noyabr, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakuniga yetgan, deb yozadi “TASS”.
Qolgan 15 nafar konchida ham tiriklik alomatlari aniqlanmagan. Barcha halok bo‘lganlarning jasadi yuqoriga olib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, kondagi portlash 31-oktabr kuni yuz bergan edi. Bu paytda 35 nafar konchi yer ostida bo‘lgan, ulardan ikki nafari yuqoriga chiqishga erishgan. Uch kun davom etgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga 400 ga yaqin kishi jalb etildi.
Hozirgi paytda politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)