• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:

    1. 2017-yilning 1-yanvaridan:

    chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’iy nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi;

    1-ilovada qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish;

    1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har bir nomdagi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilanadigan kvotalar doirasida mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar o‘rtasida tender o‘tkazish asosida amalga oshirilishi belgilansin.

    2. Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat qilish uchun Respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

    Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

    mamlakatimiz farmatsevtika bozorining, jumladan, respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini tizimli tahlil etish va shu asosda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari turlarini diversifikatsiya qilish hamda ichki bozorimizni yanada boyitishga doir takliflar ishlab chiqish, aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashga mas’ul davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;

    ro‘yxatga kiritilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qayd etilgan narxlarni belgilash hamda ularni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotadigan tashkilotlarga yetkazishni tashkil etish;

    ro‘yxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlariga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlarining amalga oshirilishini monitoring qilish;

    qayd etilgan narxlar belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, tashxis qo‘yish va davolash standartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda qarorlar qabul qilish;

    mamlakatimiz farmatsevtika sanoatiga yetakchi xorijiy kompaniyalar va investorlarni yanada keng jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    vazirlik va idoralar, ulgurji savdo tashkilotlari rahbarlarining dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash masalasi, shuningdek, aholi va tibbiyot muassasalarining, jumladan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitish.

    3. Tibbiyot muassasalari va aholini dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;

    dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxini tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga ro‘yxatga kiritilgan import dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun tender savdolari o‘tkazish vazifasi yuklansin.

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:

    dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish asosida Respublika komissiyasiga har chorakda ro‘yxatda ko‘zda tutilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan cheklangan shartnoma qiymatini belgilashga doir takliflar kiritsin, qiymati ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan tender takliflari ko‘rib chiqilmaydi;

    Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2016-yil 1-dekabrgacha ro‘yxatga kiritilgan import dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

    5. Belgilab qo‘yilsinki, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalari ro‘yxatda ko‘zda tutilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini o‘rnatilgan tartibda Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan ulgurji narxlardan oshmaydigan narxda sotib oladi.

    6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

    eng ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini qayta ko‘rib chiqish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin, bunda uch oy muddatda tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlari tasdiqlanishini, shuningdek, zarur hollarda amaldagi tashxis qo‘yish, davolash hamda klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutsin;

    tasdiqlangan tashxis qo‘yish, davolash standartlari va klinik protokollarga muvofiq har yili Respublika komissiyasiga ro‘yxatni o‘zgartirish bo‘yicha, birinchi navbatda, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarining ko‘payishiga qarab ulardan foydalanishni ko‘zda tutadigan takliflar kiritsin;

    tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan axborot tizimlari orqali o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlasin hamda ularga rioya etilishini qat’iy nazorat qilsin;

    bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal ro‘yxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari ro‘yxatini tasdiqlasin, unga zarurat tug‘ilganda belgilangan tartibda har yili o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin;

    yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal ro‘yxat bo‘yicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasiga qo‘shimchalar kiritsin;

    shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini nazarda tutsin;

    o‘z rasmiy veb-sayti, shuningdek, dorixonalar rasmiy veb-saytlarida ro‘yxatga kiritilgan barcha dori-darmon vositalari bo‘yicha belgilangan narxlar to‘g‘risida muntazam yangilanadigan axborot e’lon qilinishini ta’minlasin.

    7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ularning narxini davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin.

    8. “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi “2016–2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2595-sonli qaroriga muvofiq ro‘yxatda ko‘zda tutilgan import o‘rnini bosadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish bilan respublika ehtiyojini maksimal darajada qoplash bo‘yicha muhim choralarni ko‘rsin.

    9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi yillik, choraklik moddiy va qiymat balansini shakllantirishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan asoslangan tayyor dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini, shuningdek, ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarish uchun xomashyoni chetdan olib kelishga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olsin.

    10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 19 va 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 307-sonli qarorlari 2017-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.

    11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va Bosh vazir o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.

    02.11.2016, 00:06   Izoh (0)   33671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom Karimov nomini olgan Moskvadagi xiyobon, Toshkentda qurilishi boshlangan yangi metro yo‘nalishlari, bojxona to‘lovidan ozod etilgan urug‘lar va kunning boshq...

    01.11.2016, 20:12

    Ekspertlar guruhlarining hududiy seminar-treninglar tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi

    01.11.2016, 16:15

    YXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Toshkentga yetib keldi

    01.11.2016, 15:43

    O‘zbekistonga keltiriladigan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

    01.11.2016, 13:02

    Toshkent bosh tergovchisi Olmazor tumani fuqarolarini qabul qildi

    01.11.2016, 12:10

    Abdulaziz Kamilov Hindiston tashqi ishlar davlat vazirini qabul qildi

    01.11.2016, 11:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.