Tojikistonlik oligarxning qizi Madina Shokirovaning turmush tarzi, xususan, uning Instagram’dagi sahifasida joylashtirib borayotgan suratlari internet foydalanuvchilarini hayratga solmoqda. Qizning to‘y libosi 630 ming dollarga tushgan edi, keyingi rasmlarida esa u 80 ming dollarlik bilakuzuklar va 600 ming dollarlik tillaqoshlar namoyish etishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qiz bolaligidan hashamatda yashashga o‘rgangan. U har Yangi yilni Dubaydagi besh yulduzli mehmonxonada kutib oladi. Dubayga qiz xususiy samolyotida boradi.
Shuningdek, u har yili an’anaviy tarzda Parijdagi modalar haftasiga borib, Gollivud yulduzlari va Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintur bilan birgalikda birinchi qatorda o‘tiradi.
Izoh (0)