Angliya futbol uyushmasi “Sanderlend” ustozi Devid Moyesni bir o‘yinga chetlatdi
Angliya futbol uyushmasi (FA) “Sanderlend” klubi bosh murabbiyi Devid Moyesni “Sautgempton”ga qarshi (0:1) Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida mansabdor shaxsga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shuningdek, 53 yoshli shotlandiyalik mutaxassis 8 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.
FA Devid Moyes “Sautgempton”ga qarshi uchrashuv so‘ngida uyushmaning kodeksini buzganini tan olganini ma’lum qildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
