Toshkent shahrida yangi yer osti va yer usti tezyurar metro yo‘nalishlarida qurilish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Toshkentda bunyod etilishi davom ettirilayotgan metro qurilishi endi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
“Bugungi kunda Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi ikkita yangi bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi yer osti va yer usti tezyurar metro yo‘nalishlarida qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 9 oyi davomida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)