Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tasdiqlangan jadvalga binoan 22–31-oktabr kunlari Botken va O‘sh shaharlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Trend

Foto: Trend

Uchrashuvlar chog‘ida davlat chegara chizig‘ining 49 ta uchastkasi bo‘yicha qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi va pozitsiyalar kelishib olindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv 26-oktabrdagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining telefon orqali muloqoti ruhida bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqot chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat vakolatli organlari birgalikda olib borayotgan ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishidan tomonlar birdek manfaatdorligini ta’kidlagan edi.

Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston hududida o‘tkazishga kelishib olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi