Italiyalik haykaltarosh, futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibiga taqdim etiladigan kubok muallifi Silvio Gatssanya 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“U tushida sokin vafot etdi. Tunda u uxlashga ketdi, tongda esa nafas olishdan to‘xtadi”, – dedi dizaynerning o‘g‘li Jorj.
Gatssanya Milan shahrining faxriy fuqarosi hisoblanadi U sport olami uchun ko‘plab sovrinlarning dizaynini o‘ylab topgan.
FIFA kubogi 1974-yildan buyon jahon chempionati g‘olibiga berib kelinadi. Bundan avvalgi kubok muallifi Jyul Rime bo‘lgan. Braziliya terma jamoasi Rime tomonidan yaratilgan oxirgi kubok sovrindori bo‘lib, uni abadiy mulki qilib olgan.
Izoh (0)