Stadioni ta’mirlanayotgan Qarshining “Nasaf” futbol klubi Oliy Ligada qolgan ikki uy uchrashuvini G‘uzor shahrida o‘tkazadi. Bu haqda “ajdarlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy Liga 28-turi doirasidagi uchrashuvda “Nasaf” Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan kuch sinashadi. “Nasaf”ga tegishli “Markaziy” stadionda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sababli, bo‘lajak o‘yin G‘uzor shahrida o‘tkaziladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi 4-noyabr, juma kuni “Sho‘rtan” klubiga tegishli “G‘uzor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.
Shuningdek, “Nasaf”ning Oliy Ligadagi oxirgi, 30-turdagi Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi uchrashuvi ham G‘uzorda o‘tkaziladi.
Izoh (0)