Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilishga ko‘rsatma berdi
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayarovga hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.
“Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosariga (Xudayarov) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga Urganch va Qo‘ng‘irot tumanlarida yashovchi 1-guruh nogironlari Yu. Jumaniyozova va D. Maxmurovalardan kelib tushgan murojaatlarni hal etishda sansalorlikka yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
