Fransiyaning “Lion” futbol jamoasi Moskvaning “Dinamo” klubi hamda Fransiya termasining sobiq a’zosi Matye Valbuenaning vafoti haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ayni damda Valbuena “Lion” klubi a’zosi hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda 32 yoshli futbolchining o‘limi haqida xabarlar tarqalgandi.
“Internetda tarqalgan turli xabarlarga qaramay, Valbuena tirik va sog‘lom. Biz bunday sharmandali xatti-harakatlardan hayratdamiz”, – deyiladi “Lion” klubining matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hujumchisi Karim Benzema tomonidan Matye Valbuenaning shantaj qilinishi yuzasidan sud ishi davom etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)