O‘zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovavlenko hamda yordamchi hakam Andrey Sapenko shu yilning 19–25-noyabr kunlari Filippinning Manila va Bulakan shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Suzuki Kubogi” uchrashuvlarini boshqarib borish uchun taklif etildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqada 8 jamoa ikki guruhga bo‘ligan holda ishtirok etadi. “A” guruhidan Singapur, Tailand, Indoneziya va Filippin jamoalari joy olgan bo‘lsa, “B” guruhida Vyetnam, Kamboja, Malayziya va Myanma o‘rin olgan.
Izoh (0)