Shvetsiyalik olimlarning yangi tadqiqotlari jarqaldirg‘ochlar 10 oy davomida tinimsiz parvoz qila olishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Current Biology jurnalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Jarqaldirg‘ochlar iliq havo oqimida muvozanatni saqlab, energiyani tejaydi va yuqori balandlikdan pastga uchishni rejalashtirayotgan vaqtda mizg‘ib oladi.
Lunda universiteti olimlari G‘arbiy Afrikadan Markaziy Afrikaga uchayotgan 19 jarqaldirg‘ochni kuzatdi. Shulardan 3 tasi biror marta ham yerga qo‘nmadi. Qolganlari favqulodda vaziyatlar, jumladan, injiq ob-havo vaqtida parvozni to‘xtatdi.
Izoh (0)