“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich klub safidagi 14-rasmiy o‘yinida birinchi marta golli uzatma berdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Ushbu hodisa “Manchester Yunayted”ning “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida yuz bo‘ldi. Shvetsiyalik futbolchining uzatmasidan so‘ng Xuan Mata gol kiritdi va aynan o‘sha gol “MYu”ni musobaqaning chorak finaliga olib chiqdi.
Qayd etish joiz, “MYu”dagi birinchi golli uzatmasidan avval 35 yoshli futbolchi mankunianlarning barcha turnirlarida 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya Liga Kubogi chorak finalida Londonning “Vest Hem” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)