Janubiy Afrikaning “Baroka” klubi futbolchisi Sifo Muti “Platinum Stars”ga qarshi mamlakat Liga Kubogi o‘yinida fint ishlatgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Futbolchi ikkala tizzasini to‘p ustiga qo‘yib, raqsga tusha boshladi. Uchrashuv bosh hakami Mutining xatti-harakatini sportga xos deb topmadi va unga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Janubiy Afrikalik sobiq hakam Ase N’Kobo Sifo Mutiga sariq kartochka ko‘rsatgan referining qaroriga qo‘shilmadi. “Futbolchi o‘zini muxlislar oldida ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Bu tomosha va odamlar buning uchun pul to‘laydi”, – dedi N’Kobo.
“Baroka” jamoasi ushbu o‘yinda “Platinum Stars” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Izoh (0)