2016-yil boshidan buyon O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga yo‘l olishga urinib, halok bo‘lgan muhojir va qochoqlar soni 3,8 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda BMTning muhojirlar bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa, hozirgi kunga qadar halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan muhojirlar soni 2015-yil davomida qayd etilgan ko‘rsatkichdan oshdi. 2015-yilda O‘rtayer dengizida qurbon bo‘lganlar soni 3 771 kishini tashkil qilgandi.
Izoh (0)