“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo shahardagi paparatssi uning hayotini qiyinlashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Portugaliyalik mutaxassisning Manchester shahrida uyi yoki kvartirasi yo‘q. Mourinyo turmush o‘rtog‘i bilan mehmonxonada yashaydi va u yerda paparatssi uni doim kutib turadi.
“Bu mehmonxona hamda men bilan homiylik qilayotgan brendlar uchun yaxshi. Men uchun esa bu haqiqiy fojia. Ba’zida men ko‘prik bo‘ylab aylanishni yoki restoranga borishni xohlayman, ammo bora olmayman va bu juda yomon”, – dedi Mourinyo.
Joze Mourinyo Manchesterda uy sotib olmaydi, ammo kvartira xarid qilishi mumkinligini aytib o‘tdi.“Matbuot meni ‘joylashtirib’ qo‘ygan katta uylarni hech qachon xarid qilmayman, balki yaxshi kvartira sotib olarman. Men ovqat tayyorlashni bilmayman. Lekin telefonimdagi maxsus mobil dasturlar orqali ovqat buyurtma qilaman”, – qo‘shimcha qildi portugaliyalik murabbiy.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 2016-yilning yozida “MYu” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Jamoa APL 9-turidan so‘ng 14 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)