Braziliyada futbol bo‘yicha mamlakat terma jamoasi sobiq a’zosi, barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilardan biri Karlos Alberto Torres 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
FIFA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, afsonaviy futbolchi yurak xurujidan vafot etdi.
Karlos Alberto 1970-yili Braziliya termasi safida jahon chempioni bo‘lgandi. Final bahsida Braziliya 4:1 hisobida Italiyani mag‘lubiyatga uchratgan, gollardan biriga esa aynan Karlos Alberto mualliflik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Karlos Alberto “Nyu-York Kosmos” klubi bilan 4 karra AQSh chempioni bo‘lgan. Futbolchilik faoliyatidan so‘ng u murabbiy va sharhlovchi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)