“Barselona” jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes “Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyoga boshqalar bilan urush qilmasdan, bor e’tiborini futbolga qaratishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Mourinyoning omadi kelmasa, futbol o‘ynash o‘rniga janjal qidiradi. U ‘Real’ni boshqargan paytida shunday bo‘lgan. Umid qilamanki, Angliyada uning o‘sha xulqiga guvoh bo‘lmaymiz”, – dedi Xavi.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 2010–2013-yillar davomida “Real” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Uning Madrid klubi boshqaruvi vaqtida “Real” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi munosabatlar maydon ichida va tashqarisida doim tarang bo‘lgan.
Izoh (0)