“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Siti”ga qarshi Angliya Liga Kubogi 4-bosqichi oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Navbatdagi uchrashuvni Premyer-liga doirasida o‘tkazishni afzal ko‘rgan bo‘lardi. U yerda vaziyat ko‘ngildagidek emas. Yetakchilardan 6 ochkoga ortda qolyapmiz. Bizda og‘ir taqvim bo‘ldi. Biz hatto ‘Stok Siti’ bilan o‘yinda ochko yo‘qotdik.
Oldinda oson o‘yinlar yo‘q, biz ‘Byornli’, ‘Suonsi’, ‘Vest Hem’, ‘Sanderlend’ va ‘Midlsbro’ni yutishimiz kerak. Turnir jadvalidagi kuchli to‘rtlikda turgan klublar o‘zaro bahs olib boradi va ochko yo‘qotadi. Kurashda davom etamiz. Bu bolalar kurashi emas, biz erkak bo‘lishimiz va kelasi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasi 9-turida “MYu” safarda “Chelsi”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” o‘rtasidagi Angliya Liga Kubogi 4-bosqich o‘yini 26-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Izoh (0)