Bugun, 18-oktabr kuni taxminan soat 11:30 da Toshkent shahrida birinchi qor yog‘di.
Avvalroq “O‘zgidromet” markazi 18-oktabr, seshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog‘ishi ehtimoli bor ekani haqida ma’lum qilgandi.
13-oktabr kuni kunduzi va 14-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning alohida tog‘li joylarida qor yog‘gani haqida xabar berilgandi.
18-oktabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.
Izoh (0)