Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Chempionat” nashriga bergan intervyusida mamlakatda mahoratli futbolchilarning yangi avlodi o‘sib kelayotganini hamda O‘zbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boshqarayotganini ta’kidladi.
“Nazarimda, O‘zbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boshqaryapman. Avvalgi avlod vakillarini ranjitish niyatim yo‘q, bu mening shaxsiy fikrim. Hozirda tarkibimizda Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov, Server Jeparov va Aleksandr Geynrix darajasidagi futbolchilar bor va ular atrofida jamoa qurilmoqda.
Shuningdek, Igor Sergeyev, Yegor Krimets, Otabek Shukurov, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov va Eldor Shomurodov kabi yosh futbolchilar jamoaga kirishib ketmoqda”, – dedi Babayan.
Izoh (0)