Vyetnam markaziy provinsiyalarida suv toshqini oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda 17-oktabr, dushanba kuni Amerikaning ABC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Kuangbin provinsiyasining fuqarolari edi. Bundan tashqari, 100 mingga yaqin bino suv toshqini hududida qolgan. Taxminan 500 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatdagi suv toshqini oqibatida 21 kishining halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)