“Suriya ozod armiyasi” jangchilari Turkiyaning “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida Suriyada 1250 kvadrat kilometr hududni IShIDdan tozaladi. Bu haqda Turkiya hukumatining rasmiy vakili, bosh vazir o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush bayonot berdi, deb xabar qildi “TASS”.
Shuningdek, Qurtulmush Aleppoga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha xalqaro kolonna shakllantirish fikrini yoqlab chiqdi.
“Aleppo mintaqadagi ixtilofni bartaraf qilishdagi eng muhim shaharlardan biri hisoblanadi. Aleppoga yo‘l oladigan gumanitar kolonnalar xavfsizligini ta’minlash muhimdir. Bundan tashqari, biz u yerga gumanitar yordam yetkazish masalasida faollashishimiz lozim”, — ta’kidladi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)