Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Shveysariyaning Lozanna shahrida “Bo-Rivaj” mehmonxonasi yaqinidagi qahvaxona oldida uni kutib turgan jurnalistlardan orqa eshik orqali “qochib ketdi”. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Kerri Suriya bo‘yicha ko‘p tomonlama uchrashuvdan so‘ng kechki ovqatga quymoq yeyish uchun qahvaxonaga kirgan edi.

Davlat departamenti rahbari qahvaxonada bir soatga yaqin vaqt o‘tkazib, so‘ng ketishni mo‘ljalladi. Qo‘riqchilar Kerriga savollar bilan “hujum qilish” uchun yig‘ilgan jurnalistlarni ko‘rib, uni orqa eshik orqali o‘tkazib yuborishga qaror qildi.

Jurnalistlar Kerrini to‘xtatib qolishga urindi, biroq qo‘riqchilar ularning yo‘lini to‘sib, bunga xalaqit berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Sharq malikalari: dunyodagi eng chiroyli arab kelinlari (foto)
Mahalliy
Toshkentda Salor kanalining o‘zani toshgani sabab mahallalardan birini suv bosdi (foto)
Dunyo
Stoltenberg: “Shvetsiya NATOga kirish uchun Turkiyaning talablarini bajardi”