Bruno Manser nomidagi Shveysariya jamg‘armasi rahbari Lukas Staumenn amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioni BMTning iqlim bo‘yicha elchisi lavozimini tark etishga chaqirdi. Bunga sabab sifatida aktyorning korrupsion sxemalarga aloqadorligi borasidagi ayblovlar ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Di Kaprio 1MDB Malayziya davlat jamg‘armasining qalloblik ishlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Avgust oyida AQSh adliya vazirligi sudga murojaat qilib, Leonardo Di Kaprio jamg‘armasining Malayziyadagi qallobliklarga aloqadorligini tekshirishni so‘radi.
“Di Kaprio Malayziya jamg‘armasi bilan bog‘liq janjalning asosiy ishtirokchilari bilan yaqin shaxsiy va moliyaviy aloqalarini tushuntirib berishdan bosh tortib keldi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Di Kaprio Malayziya korrupsiyasidan uzoq tura olmadi. U BMTning iqlim bo‘yicha elchisi lavozimidan ketishi lozim”, — dedi Lukas Staumenn.
Di Kaprio 1MDB janjaliga aralashib qolgan malayziyalik biznesmenlar Rizo Aziz va Lyu Tetszao bilan yaqin aloqada.
Izoh (0)