Daniya valiahd shahzodasi Frederik batutda sakrash chog‘ida bo‘ynidan lat yedi. Bu haqda, The Local nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea gimnaziyadagi shaxsiy tadbirda ro‘y bergani aytilmoqda.
48 yoshli valiahd to‘liq tiklanish uchun 12 oy mobaynida bo‘yin korsetida yurishga majbur bo‘ladi.
Jarohat tufayli u daniyalik paralimpiyachilar sharafiga uyushtirilajak qabulni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Ammo bundan buyon shahzoda bo‘yindagi korset tufayli tadbir va xalq oldiga chiqishni bekor qilmoqchi emas.
Izoh (0)