Ruminiyaning Ployeshti shahrida 7−9-oktabr kunlari o‘smir yigit va qizlar (17−18 yosh) hamda 19−20 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Mazkur musobaqada 32 davlatda 374 sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 25 sambochi bilan qatnashdi va 2 ta oltin, 3 ta kumush, 11 ta bronza, jami 16 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston termasi Rossiya va Gruziyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)