Rossiya Aralash janglar san’ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning 16 yoshli qizi Mariya unga qilingan hujumdan so‘ng Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgan edi. “Interfaks”ning 13-oktabr, payshanba kuni voqeaga yaqin manbasining ma’lum qilishicha, Mariya shifoxonadan chiqdi.
“Bugun Mariya bolalar jarrohlik va travmatologiya shifoxonasidan chiqdi. Uning hayoti xavf ostida emas”, – deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, ayni vaqtda huquq-tartibot xodimlari Mariyaga nisbatan hujum yuz bergan joydagi videokuzatuv kameralari ma’lumotlarini o‘rganmoqda.
Avvalroq Moskva politsiyasi Yemelyanenkoning voyaga yetmagan qiziga hujum qilinishi yuzasidan jinoyat ishi ochgani haqida xabar qilingandi.
Qayd etish joiz, Yemelyanenkoning 16 yoshli qiziga qilingan hujum Fyodorning faoliyatiga bog‘liq-bog‘liqmasligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)