Xalqaro sambo federatsiyasi 11-oktabr, seshanba kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga samboni Olimpiya sport turi deb tan olinishiga ariza berdi. Bu haqda Butun Rossiya sambo federatsiyasi prezidenti Sergey Yeliseyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Seshanba kuni samboning Olimpiya sport turi deb tan olinishi uchun XOQga ariza berildi”, – dedi Yeliseyev.
Butun Rossiya sambo federatsiyasi prezidentining qayd etishicha, sambo Yevropa va Osiyo o‘yinlari, Universiada va Butunjahon jang san’ati o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Vasiliy Shestakov rahbarligidagi Xalqaro sambo federatsiyasi birinchi marta samboning Olimpiya sport turi deb tan olinishi istagini 2009-yilda bildirgandi.
Izoh (0)