KXDR razvedkasidagi yuqori mansabli amaldor o‘tgan yili Janubiy Koreyadan boshpana topgan, deb yozadi “TASS” Yonhap agentligiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qochoq Davlat xavfsizligi vazirligida ishlagan, ammo uning ism-sharifi oshkor etilmayapti.
11-oktabr, seshanba kuni Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Koreya Respublikasida boshpanaga ega bo‘lgan KXDRlik qochoqlar “xalqlarning birlashuvi uchun sinov poligoni”ga aylanishi haqida fikr bildirdi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan sentabrigacha Koreya Respublikasiga 900 nafar Shimoliy Koreya fuqarosi qochib o‘tgan, bu o‘tgan yilning shu davridan 15 foizga ko‘p demakdir.
Izoh (0)