Xitoyning janubiy-g‘arbiy provinsiyasi Yunnanning sobiq partiya rahbari Bay Enpey korrupsiya uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda mahalliy OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Hukmning jiddiyligiga unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlarning og‘irligi sabab bo‘lgan, deyiladi sud qarorida.
Tergov natijalariga ko‘ra, 2011-yilgacha provinsiyaning partiya rahbari lavozimini egallab kelgan iste’fodagi mansabdor jami 247 million yuan (37 million dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda.
Hukm uning ijrosini ikki yilga ortga surishni ko‘zda tutadi. Xitoyda mavjud amaliyotga muvofiq, agar mahbus jazoni o‘tash chog‘ida o‘zini yaxshi tutsa, o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirilishi mumkin.
Izoh (0)