“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z agenti Xorxe Mendesh bilan birgalikda Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasi sobiq yarim himoyachisi, bedavo kasallikka qarshi kurashayotgan Fernando Riksenni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Riksen “Reynjers” tarkibida 188 ta, Niderlandiya terma jamoasi tarkibida esa 12 ta o‘yin o‘tkazgan. 2013-yili Riksenga yonlama amiotrofik skleroz tashxisi qo‘yildi. Xuddi shu xastalikka britaniyalik taniqli fizik Stiven Xoking yo‘liqqan, deb eslatadi nashr.
Odatda bunday tashxisdan so‘ng bemor 3–5 yil umr ko‘radi, ayrim holatlarda esa, Stiven Xoking kabi, mutlaqo harakatlana olmaydigan ahvolga kelib qoladi.
Krishtianu Ronaldu o‘z agenti bilan birgalikda mana shunday fojiali kunlarni boshidan kechirayotgan 40 yoshli Riksenni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Dam olish kunlari “Reynjers” Riksen sharafiga tushlik uyushtirdi. Tadbirga portugaliyalik futbol yulduzi va uning agenti ham taklif qilingan edi. Xorxe Mendesh Riksenga samimiy murojaat yo‘llab, uni Madridga mehmonga taklif qildi.
“Horma, do‘stim Fernando. Bugun sen bilan bo‘la olmaganim uchun kechirim so‘rayman. Senga barcha ezgu tilaklarni yo‘llayman.
Men va Krishtianu seni imkoniyating bo‘ldi deguncha Madridga mehmonga kelishga taklif qilamiz. Bu oqshomdan lazzat ol va kurashishda davom et. Chin dildan seni bag‘rimga bosib qolaman”, — deyiladi murojaatda.
Jorge #Mendes, manager @Cristiano & friend @OnlusBorgonovo, invites #Ricksen to Madrid: Fight #ALS @Dolkin1 @therealvdv @RicksenVeronika pic.twitter.com/5Ycqg0qNYr
— Bernd Fisa (@berndfisa) October 8, 2016
Izoh (0)