Rossiyada dunyodagi eng arzon avtomobil — Hindistonning Bajaj Qute transport vositasi sotuvga chiqarildi. Uning narxi 2 ming dollarni tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi uni kvadrotsikllar qatoriga qo‘shadi. Mashina bir silindrli, 217 santimetr kub hajmli, 13 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Uning yordamida Qute soatiga 70 kilomert tezlikka chiqa oladi.
Mashina Euro NCAP krash-testidan ikki marta ham o‘ta olmay, 10 ball to‘pladi. Har ikki testda ham manekenning boshi va ko‘kragi zarbadan so‘ng xavfli zonada qoldi, bu esa jiddiy YTHda odam tirik qolishi ehtimoli deyarli yo‘q degani.
Mashinaning rasmlarini “Gazeta.ru” taqdim etdi.
Izoh (0)