Toshkent mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turnirining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lib, shulardan faqatgina 1 tasi oltin bo‘lgandi. Bu esa 2 ta oltin medalga ega chiqib ulgurgan Rossiyadan ortda qolishga sabab bo‘layotgandi.
Gran-Prida hozirga qadar o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritgan oltinlar soni 4 taga yetgani haqida “Olamsport” xabar berdi. Avvalroq -60 kilogrammda Muhriddin Tilovov chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, endilikda uning yoniga Gulnoza Matniyozova, Davlat Bobonov va Mirzohid Farmonov qo‘shildi.
Gulnoza Matniyozova -70 kilogramm bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Mos ravishda Mirzohid Farmonov -73, Davlat Bobonov -81 kilogramm vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)