“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi 19-oktabr kuni “Manchester Siti”ga qarshi YChL guruh bosqichi 3-turida maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, “Atletiko Madrid”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 5-turida jarohat olgan Lionel Messi 5-oktabr kuni individual mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
Argentinalik 29 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan 15-oktabr kuni “Deportivo”ga qarshi Ispaniya chempionati 8-turini o‘tkazib yuboradi.
Izoh (0)