Toyota kompaniyasi 3-oktabr kuni inson hissiyotlarini tushunishga, u bilan muloqot qilishga va mustaqil o‘qib-o‘rganishga qodir bo‘lgan Kirobo Mini yordamchi roboti savdosi boshlanadigan sanani e’lon qildi, deb yozadi TJournal.
Balandligi 10 santimetrga teng robot Toyota 2013-yilda koinotga uchirgan Kirobo android-yordamchining kichraytirilgan nusxasi bo‘lib, u suhbatdosh va kichik yordamchi vazifalari uchun mo‘ljallangan.
Robot biroz beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lib, qiliqlari bilan endi yurishni o‘rgangan yosh bolani eslatadi. Uning bunday nozik va zaif qiyofasi robot va odam o‘rtasida hissiy aloqa o‘rnatishga yordam berishi kerak.
Kirobo Mini smartfonga ulanadi, har oyda u uchun 3 dollarlik to‘lov to‘lanadi. Hozircha robot faqat yapon tilida gaplasha oladi, bir martalik zaryadi esa 2,5 soatga yetadi.
Robotni 2017-yildan boshlab 39 800 iyena (400 dollar)ga xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)