Madridning “Real” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining birinchi futbol o‘yinida u bilan birga bo‘lib, uchrashuv vaqtida maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘plarni keltirib turdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

“Ronaldu mashhur bo‘lishiga qaramay, o‘g‘li uchun bunday ishlarni kanda qilmaydi. Ispaniyaning AS nashri 31 yoshli futbolchining o‘g‘li o‘yinida to‘p keltirib turgan vaziyatini videoga oldi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, portugaliyalik futbolchining o‘g‘li o‘zining birinchi o‘yinida gol muallifiga aylangan edi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2010-yilning 17-iyun kuni ota bo‘lgan edi. Matbuotda kichik Krishtianu surrogat onadan tug‘ilgani aytilgan edi.