Joriy yilning 20-sentabr – 4-oktabr kunlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Musobaqada 61 mamlakatdan 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan jami 412 shaxmatchi (221 yigit va 191 qiz) ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini 6 nafar sportchi himoya qildi.
O‘zbekiston vakillaridan faqatgina Nodirbek Yoqubboyev sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jahon reytingida 2431 ochkoga ega bo‘lgan Nodirbek 11 tur natijasiga ko‘ra, musobaqada qatnashgan 76 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)