Argentina futbol assotsiatsiyachi rahbariyati “Barselona” klubi va mamlakat termasi hujumchisi Lionel Messi o‘zi haqida qayg‘urmasligini bildirdi. Bu haqda Argentina terma jamoalar kotibi Xorxe Miadoski ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Messi doim o‘ynashni istagani uchun o‘zi haqida qayg‘urmaydigan futbolchi. Ammo terma jamoaga kelayotgan futbolchilarga minnatdorlik izhor qilish kerak. Ular mamlakatga bo‘lgan muhabbati uchun to‘p tepishadi. Umid qilamizki, Messi yaqin orada termada bo‘ladi. Messi bo‘lmasa ham, yaxshi natijalarga erisha olishimiz haqida ham o‘ylash kerak. Buning uchun yaxshi futbolchilarimiz bor. Shu sababli, xotirjam bo‘lsak bo‘ladi”, – dedi Miadoski.
Eslatib o‘tamiz, Messi “Atletiko”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 5-turida jarohat olib, 3 haftaga safdan chiqqandi.