Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning Alp tog‘laridagi Shamoni shahrida vingsyut (qanotli libos)da parvozni amalga oshirayotgan rossiyalik parashyutchi yerga qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda Midi Libre’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Xabarda qayd etilishicha, voqea 3-oktabr kuni sodir bo‘ldi. Ismi va yoshi ma’lum qilinmagan rossiyalik erkakning parashyuti ochilmagani ta’kidlanmoqda. Yerga qulash oldidan parashyutchi Elbonne ko‘chasidagi binolardan biriga urilgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“RBK”ning parashyut sohasidagi manbasi halok bo‘lgan erkak yekaterinburglik vingsyut-uchuvchi Ratmir Nagimyanov ekanini ma’lum qildi.

Parashyut sohasiga ixtisoslashgan Blinc jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda dunyo bo‘ylab vingsyutda sakrab, halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari