Angliyada yengil samolyotning qulashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
Angliya sharqidagi Norfolk grafligida yengil samolyotning qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sky News telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortida ikki kishi bo‘lgan.
Aviahalokat graflik ma’muriy markazi — Norij shahridan janubda joylashgan Topkroft qishlog‘ida sodir bo‘ldi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar