Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Omsk shahrida o‘tgan “Ralli Sibir” poygasi chog‘ida 39 yoshli chitalik haydovchi mashina boshqaruvini qo‘ldan boy berib, trassadan chiqib ketdi va ikki hakam turgan minoraga urilib ketdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Minora qulashi oqibatida hakamlar og‘ir jarohat oldi. Ulardan biri, 54 yoshli erkak tez yordam mashinasida jon berdi.

Ikkinchi hakam — 34 yoshli ayol ayni paytda og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida yotibdi.

Tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi