Germaniyaning Myunxen shahri markaziy vokzali yaqinida navbatchilikda turgan politsiyachi Stefan Shmidt qoidabuzar velosipedchini to‘xtatganidan so‘ng u kino aktyori va AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger ekanligini ko‘rdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, aktyor vokzal platformasi bo‘ylab velosipedda yurgan.
Qisqa suhbatdan so‘ng Shvarsenegger velosipedni yonida itargancha vokzalni shimoliy chiqishdan piyoda tark etdi.
Politsiyachi kino yulduzi bilan suratga tushishni unutmadi.
Izoh (0)