Misr qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan kemaning halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Avvalroq halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetgani haqida xabar qilingan edi. Qutqaruvchilar 155 kishini suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Misr bosh vaziri Ismoil Sharif barcha kuchlar odamlarni qutqarishga yo‘naltirilishi hamda aybdorlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
Bortida 600 kishi bo‘lgan kema Afrika mamlakatlaridan yig‘ilgan muhojirlar bilan to‘la edi. Taxminlarga ko‘ra, ular Italiyaga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)