Amerikaning Apple kompaniyasi Britaniyaning sport avtomobillari ishlab chiqaradigan va “Formula-1” jamoasiga egalik qiladigan McLaren Technology Group kompaniyalar guruhini sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda “TASS”.
The Financial Times ta’kidlashicha, “McLaren’ni sotib olish niyati Apple’ning avtomobil sanoatini o‘zgartirishga intilayotganidan darak beradi”. Shu bilan birga, oldi-sotdi bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralar esa bir necha oylardan buyon davom etmoqda, deb yozadi gazeta o‘z manbalariga tayanib.
Apple va McLaren ayni paytda rasmiy izohlardan bosh tortdi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli kechgan taqdirda, McLaren 1,3—1,95 milliard dollar atrofida baholanishi mumkin.
Izoh (0)