Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Sharlott shahrida (Shimoliy Karolina shtati) 20-sentabr, seshanba kuni xizmatdagi politsiyachi shubhali erkak kishini o‘ldirdi. Bu esa shaharning 100 ga yaqin qora tanli aholisi ishtirokidagi norozilik namoyishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Agentlikning ma’lum qilishicha, politsiya patruli tunda jinoyatda gumonlanuvchini hibsga olish maqsadida ko‘p qavatli uyda reyd o‘tkazgan. Mashinasidan o‘qotar qurol bilan chiqib, yana tezda avtomobilga qaytgan erkak huquq-tartibot xodimida shubha uyg‘otgan.

Shubhali shaxs yana qurol bilan paydo bo‘lganda politsiyachi unga qarata o‘t ochgan. Gumonlanuvchi shahar shifoxonasiga yetkazilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qola olishmagan.

Sharlott politsiya boshqarmasi rahbari Kerri Putnining aniqlik kiritishicha, o‘ldirilgan erkak qidiruvdagi jinoyatchi bo‘lmagan.

Mahalliy ma’muriyat vakillari qurbon qaysi irqqa mansubligiga aniqlik kiritmadi. Biroq namoyish qatnashchilarining ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan shaxs afroamerikalik bo‘lgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi