Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Turkiyaning Izmir shahridagi mehmonxonalardan birida shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi. Bu haqda, Anadolu agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Xabar berishlaricha, BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Turkiya orqali Nyu-Yorkka yo‘l olgan Atambayev Istanbul aeroportiga yetib kelganidan so‘ng o‘zini yomon his qilib, ko‘krak qismida og‘riq sezgan hamda shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan.

“Atambayev tunda Izmir aeroportiga yetib kelgan, u yerdan Cheshmedagi mehmonxonalardan biriga yo‘l olgan. Qirg‘iziston prezidenti mehmonxonada dam olishda davom etmoqda va u yerda tibbiy yordam mashinasi doimiy navbatchilik qilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Almazbek Atambayev tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qisqa muddatli ta’til olgani haqida xabar qilingan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)